Kino — doʻstlik rishtalarini bogʻlaydi
Hindistonning Mumbay shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning badiiy va televizion filmlar festivali ochilishi marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir Mumbay shahridagi milliy ijrochilar sanʼat markazi hovlisida kinoijodkorlarning qizil yoʻlakdan kirib kelishi bilan start oldi. Tomoshabinlar Hindiston, Xitoy, Pokiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, Oʻzbekistondan kelgan aktyor va aktrisalarni katta hursandchilik bilan kutib oldilar. Hindistonlik kinoijodkorlardan Hema Malini, Akshay Kumar, Punam Dillon, Tayger Shrof, Elli Avr Ramlar katnashdi. Hind kinoyulduzlari festivalning ramziy chirogʻini tantanali ravishda yoqib berishdi.
Festivalda SHHTga aʼzo davlatlarning kinoijodkorlari taqdim etgan 14 ta badiiy filmi tanlovga qoʻyilgan. Bu filmlar orasida Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” va Hilol Nasimovning “Meros” badiiy filmi xam bor. Bundan tashqari “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” va “101- reys” badiiy filmlari tanlovdan tashqari namoyish etiladi. Hakamlar hayʼati aʼzolari orasida Oʻzbekiston kinoarboblari ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov ham bor.
Kinofestivalning tantanali ochilishi marosimida Hindiston kino sohasi mutasaddilari 2022-yilda amalga oshirilgan eng katta loyihalar haqida maʼlumot berdi. Koʻplab tomoshabinlar mehrini qozongan badiiy film ijodkorlari taqdirlandi. Tantanali marosimda hakamlar hayʼati azolariga ham tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Maʼlumki, hind filmlarini ularning jozibali raqslarisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Festivalda Hindistonning eng mashhur filmlari uchun sahnashtirilgan raqslar namoyish etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring