“Kino 5 kunda” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi

“Ipak yoʻli durdonasi” XV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida yosh rejissyorlar uchun moʻljallangan “Kino 5 kunda” xalqaro tanlovi gʻoliblari aniqlandi.
Tanlov ishtirokchilari anʼanaga koʻra, 5 kun ichida Oʻzbekistonning tarixiy manzillari, jumladan, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Fargʻona, Toshkent kabi shaharlarda boʻlib, qisqa-metrajli filmlar suratga olishdi.
“Kino 5 kunda” xalqaro tanlovi taqdirlash marosimi avvalida Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov soʻzga chiqib nutq soʻzladi:
— Mazkur tanlov turli davlatlardan tashrif buyurgan bir qator yosh kinoijodkorlarni birlashtirdi, deb oʻylayman. Bu nafaqat kino musobaqasi, balki doʻstlik va insoniy bagʻrikenglik kabi tushunchalarni ulugʻlagan festival loyihasi boʻlib xizmat qildi. Qatnashchilar yurtimiz haqidagi filmlarni suratga olib taqdim etdilar. Hakamlar hayʼati aʼzolari esa eng munosiblarni baholashdi. Oʻzbekiston yoshlar mamlakati! Kinofestivalning ham asosiy maqsadi yoshlarga imkon berish, oʻzlarining bor potensiallarini namoyon etishlari uchun sharoit yaratib berish va albatta ragʻbatlantirishdan iborat!» – dedi Firdavs Abduxoliqov.
Shundan soʻng, gʻolib va sovrindorlar nomi eʼlon qilindi. “Eng yaxshi milliy qisqa metrajli film” nominatsiyasida Dilshod Usmonovning “Uzum” filmi gʻolib boʻldi. Tanlovning “Eng yaxshi milliy qisqa metrajli film” nominatsiyasi boʻyicha ishtiroki uchun “Oʻzbekiston mening orzum” filmi bilan Hilola Abdurasulova, “Omonat” filmi uchun esa Nuriya Safarova eʼtirof etildi.
“Kino 5 kunda” tanlovining xorijlik ishtirokchilari suratga olgan filmlar boʻyicha maxsus nominatsiyasida 3-oʻrin “Rishta” filmi uchun Yakov Podkustovga (Rossiya), 2-oʻrin “Orzular shahri” filmi uchun Yedisa Toktorovaga (Qirgʻiziston), 1-oʻrin “Yuz qadam” filmi uchun Shirin Ahmadovga (Ozarbayjon) nasib etdi. Gʻoliblarga pul mukofotlari va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring