Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya prezidentining taklifini rad etdi
Shimoliy Koreya Janubiy Koreya tomonidan ilgari surilayotgan hech qanday taklifga qiziqmaydi va Seul bilan muzokara olib borish niyatida emas. Bu haqda KXDR prezidenti Kim Chen Inning singlisi, mamlakatdagi hukmron partiyaning markaziy qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Kim Yo Chjonning Koreya Markaziy axborot agentligi (KCNA)da eʼlon qilingan bayonotida maʼlum qilingan.
Bu Shimoliy Koreya tomonidan Li maʼmuriyatiga oid birinchi rasmiy bayonot hisoblanadi, deb yozmoqda “The Korea Times”. Gap shundaki, Janubiy Koreya Prezidenti Li Chje Myon Pxenyanga harbiy ziddiyatni yumshatish va ikki Koreya oʻrtasidagi aloqalarni yaxshilash uchun muzokaralarni qayta boshlash taklifi bilan chiqqan edi.
“Oʻtgan oyda prezidentlik lavozimini egallagan Li Chje Myon biz bilan qarama-qarshilikni davom ettirayotgan Janubiy Koreya va AQSH ittifoqiga koʻr-koʻrona ergashgan oʻzidan oldingi rahbardan mutlaqo farq qilmaydi”, degan Kim.
Uning qoʻshimcha qilishicha, Li hukumati eʼtiborimizni jalb etishga harchand urinmasin, Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreyaga nisbatan pozitsiyasi oʻzgarmaydi.
“Men yana bir bor ochiq aytaman: biz Seul tomonidan ilgari surilayotgan hech qanday siyosat yoki taklifga qiziqmaymiz va Janubiy Koreya bilan hech qanday muzokaralar olib borish ehtimoli yoʻq”, deya taʼkidlagan Kim Yo Chjon.
Shuningdek, u Janubiy Koreyada ikki tomonlama aloqalar uchun masʼul boʻlgan Birlashuv vazirligi (Unification Ministry)ni qayta tiklash tashabbusini tilga olgan va ushbu vazirlikni tugatish kerakligini aytgan. Chunki uning taʼbirida, ikki Koreya — mustaqil davlatlardir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring