Kim Chen In jangovar dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni buyurdi
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In jangovar dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni buyurdi. Davlat matbuotiga koʻra, bu qaror Rossiya bilan harbiy aloqalarning kuchayishi fonida qabul qilingan. Shimoliy Koreya avgust oyida ilk marta jangovar dronlarini namoyish etgan edi. Bu esa Rossiya bilan texnologiya almashinuvi ehtimolini kuchaytirdi. Bu haqda “France 24”xabar berdi.
Qayd etish kerakki, Shimoliy Koreya yaqinda Rossiya bilan muhim mudofaa shartnomasini imzolagandi. Bundan tashqari, Pxenyan Ukrainadagi urushni qoʻllab-quvvatlash uchun Rossiyaga minglab askarlarini yuborganlikda ayblanmoqda.
Xabar qilinishicha, Janubiy Koreya Prezidenti Yun Suk Yol ushbu ittifoq ortidan Rossiya texnologiyalarining Shimoliy Koreyaga oʻtib ketishidan xavotir bildirdi. Shu haftada Kim Chen In Shimoliy Koreyaning yangi dronlarini sinovdan oʻtkazdi va ularni ommaviy ishlab chiqarishni boshlashga chaqirdi.
Shimoliy Koreyaning jangovar dronlari yer va dengizdagi nishonlarni zarbaga olishga moʻljallangan hamda ular oʻzlarini dushman obyektlariga urish orqali portlatish uchun ishlab chiqilgan. Ushbu dronlarning sinovlari muvaffaqiyatli oʻtgani va ularning aniqlik bilan maqsadlarga zarba berishi tasdiqlangani aytilmoqda.
Shimoliy Koreya ushbu dronlarni yaratishda boshqa davlatlarning texnologiyalaridan foydalanishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar bu dronlarni Isroilda ishlab chiqarilgan “HAROP” va Rossiyaning “Lancet-3” dronlariga oʻxshash deb taʼriflashgan. Bu texnologiyalar Rossiyaga Eron orqali yetib kelgan boʻlishi mumkinligi aytilyapti.
2022-yilda Shimoliy Koreya oʻz dronlarini Janubiy Koreya chegarasidan oʻtkazgan, ammo Seul ularni kichikligi sababli urib tushira olmagan edi. Bu yil esa Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga qarshi “javob chorasi” sifatida chiqindi toʻldirilgan sharlardan foydalanmoqda. Janubiy Koreya bu tahdidga qarshi kurashish uchun oʻtgan yili maxsus dron qoʻmondonligini tashkil etdi.
Oʻtgan oyda Shimoliy Koreya oʻz konstitutsiyasida Janubiy Koreyani “dushman davlat” deb belgilagan, bu ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning keskin yomonlashganidan dalolat berardi. Shimoliy Koreya BMT sanksiyalariga qaramay, hukumat ballistik raketalar sinovlarini davom ettirmoqda va oʻzini Janubiy Koreyadan ajratadigan yoʻl hamda temir yoʻl liniyalarini buzib tashladi. Bu harakatlar ikki davlat oʻrtasidagi keskinlikni yanada oshirmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring