Kim Chen In: KXDR va Janubiy Koreya hech qachon yagona davlat boʻlmaydi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreyani AQSHning “mustamlakasi” va doimiy dushman deb atab, ikki davlat birlashishi mumkin emasligini maʼlum qildi. Uning soʻzlarini KXDR Markaziy telegraf agentligi (STAK) keltirdi.
KXDR Oliy xalq majlisining 14-chaqiriq 13-sessiyasida nutq soʻzlagan Kim Chen In qoʻshni mamlakatni “bizning tizim va rejimni yoʻq qilishga tugʻma intiluvchi” davlat sifatida taʼrifladi.
— Milliy manfaatlar nuqtayi nazaridan, siyosatini va mudofaasini xorijiy davlatlarga topshirib qoʻygan mamlakat bilan birlashish niyatimiz yoʻq, — dedi u.
Shimoliy Koreya rahbari tarixda bir-biriga dushman boʻlgan ikki davlatning bunday yoʻl bilan birlashgani boʻlmaganini taʼkidladi.
— Nega biz bunday birlashishga intilishimiz kerak, agar bu jarayonda davlatlardan biri baribir yoʻq boʻlib ketishi aniq boʻlsa? Biz milliy qonunchilikda Koreya va biz — chegaraga ega ikki alohida davlat ekanimizni va hech qachon yagona butunlikka aylanmasligimizni aniq belgilab qoʻyamiz, — dedi Kim Chen In.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring