“Kiyevga yuborilgan mablagʻlar AQSH huquq-tartibot tizimini yaxshilashga sarflanishi kerak” — Rossiya Trampga uyushtirilgan suiqasd boʻyicha qanday fikrda
Foto: Newsweek
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Dmitriy Peskov AQSH prezidenti Donald Trampga uyushtirilgan suiqasdga izoh berdi.
Qayd etilishicha, Peskov bu qotillikka urinishni amaldagi hukumat uyushtirganiga ishonmasligini, ammo Tramp atrofida yaratilgan siyosiy muhit shunday hodisa yuz berishiga sabab boʻlganligini taʼkidladi.
Avval xabar berganimizdek, kecha AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampga suiqasd uyushtirildi. Hodisa u Pensilvaniyada oʻz tarafdorlari bilan uchrashuv vaqtida yuz berdi. Tramp qulogʻidan yaralandi va xavfsizlik xizmati xodimlari qurshovida voqea joyini tark etdi.
Maxfiy xizmat oʻq uzgan odamni oʻldirgan. Hodisa oqibatida saylovoldi miting ishtirokchilaridan biri halok boʻlgan, yana ikki nafari ogʻir yaralangan. Federal qidiruv byurosi ushbu hodisa boʻyicha tergovda asosiy vazifani oʻz zimmasiga olgan.
Aniqlanishicha, Trampni oʻldirmoqchi boʻlgan shaxs Pensilvaniya shtatida yashagan 20 yoshli Tomas Metyu Kruks boʻlib chiqqan. Vakillar palatasining Nazorat va javobgarlik qoʻmitasi Donald Trampga suiqasd boʻyicha tergov boshlagan.
Suiqasd hodisasi Trampning omma oldida chiqish paytidagi xavfsizligi boʻyicha xavotirlarni uygʻotdi. Shunga qaramasdan, Donald Tramp bunday emotsional vaziyatdan foydalanib qolishni rejalashtirmoqda.
Rossiya rasmiylari suiqasdni AQSH hukumatining Ukrainani qoʻllab-quvvatlayotgani bilan bogʻladi. Ularning fikricha, Kiyevga yuborilgan mablagʻlar AQSH huquq-tartibot tizimini yaxshilashga sarflanishi kerak, Buni Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova oʻz bayonotida taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring