Kiyev yozgacha magʻlub boʻlishi mumkin — Gʻarb OAV

19:31 15 Dekabr 2023 Dunyo
681 0

Foto: AP

Ukraina AQSH va NATO yordamisiz bir necha oy chidashi mumkin, eng yomon holatda esa, magʻlubiyatga uchrashi yoki yozgacha sezilarli darajada chekinishi mumkin. Bu haqda CNN yuqori martabali amerikalik harbiy amaldorga tayanib xabar bermoqda.

“Gʻarb razvedka idoralari hozirda Ukraina Qoʻshma Shtatlar va NATO yordamisiz qancha vaqt chidashi mumkinligini hisoblamoqda. Amerikaning yuqori martabali amaldori fikricha, bir necha oylar, eng yomon holatda esa yozgacha sezilarli chekinish yoki hatto magʻlubiyat boʻlishi mumkin”, deyiladi kanal materialida.

Qayd etilishicha, Gʻarb AQSH va boshqa davlatlar yordami davom etmasa, Kiyev magʻlub boʻladi, deb oʻylaydi. Shuningdek, ular AQSH yordam berishni davom ettirishdan bosh tortsa, Yevropa davlatlari ham bundan oʻrnak olishidan qoʻrqishadi.

“Biz bilan muvaffaqiyatga kafolat yoʻq, ammo bizsiz ular albatta yutqazadi”, dedi AQSHning yuqori martabali harbiy amaldori.

Vengriya, kutilganidek, 2024-yildan 2027-yilgacha Ukrainaga makromoliyaviy yordam uchun 50 milliardni oʻz ichiga olgan Yevropa Ittifoqining koʻp yillik byudjetini 66 milliard yevroga oshirishni maʼqullashni blokladi. Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi yetakchilari 2024-yil boshida bu masalaga qaytishini aytdi.

Avvalroq, respublikachilar Senatga Oq uyning Ukraina, Isroil va boshqa ehtiyojlar uchun mablagʻ soʻrovini koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilgan edi. Vakillar palatasi ham tegishli loyihani tasdiqlashga shoshilmayapti. Kongressning har ikki palatasi soʻrovni maʼqullashi kerak.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?