Kichik sanoat hududining katta ishlari
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Mamlakatimizda yoshlarni ish bilan taʼminlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish, ularning tadbirkorlikka oid istiqbolli loyihalarini qoʻllab-quvvatlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Yoshlar kichik sanoat zonalarining tashkil etilishi katta imkoniyatlar eshiklarini ochdi. Birgina Baliqchi tumanining oʻzida 35 mlrd. soʻmlik loyihalar ishga tushirilib, 1100 ta yangi ish oʻrni yaratilganligi bunga misoldir.
— Ayni paytda Yoshlar kichik sanoat zonasida 35 turdan ortiq oziq-ovqat, qurilish, trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda, — deydi tuman hokimligi masʼul xodimi Muzaffajon Karimov. — Kelgusida bu boradagi ishlar koʻlami yanada ortadi. Maqsadimiz 49,6 mlrd. soʻmlik 71 ta loyihani hayotga tatbiq etish orqali 1446 ta ish oʻrni yaratishdan iborat. Quvonarlisi shundaki, yosh tadbirkorlar oʻz tengdoshlarini doimiy daromad manbaiga ega qilish bilan bir qatorda, nafaqat ichki, balki tashqi bozorni ham sifatli, xaridorgir mahsulotlar bilan taʼminlab kelmoqdalar.
Darhaqiqat, shunday! Misol uchun, tadbirkor Nurbek Xoliqovni olaylik. U asos solgan kichik sexda 15 nafar mahalliy yoshlar faoliyat yuritmoqda. Ular tomonidan bir oyda 25 ming AQSH dollari miqdorida turk milliy cholgʻu asboblari ishlab chiqarilyapti. Mahsulotning barchasi Turkiya davlatiga eksport qilinmoqda.

— Bu oʻz-oʻzidan boʻlgani yoʻq, albatta, — deydi tadbirkor Nurbek Xoliqov. — Dastlab Turkiya davlatiga borib, ushbu musiqa asboblariga boʻlgan ehtiyojni va ichki bozor sharoitini oʻrgandik. Talab yuqori ekanligiga amin boʻlgach, ishlab chiqarish jarayonini kuzatdik. Shundan soʻng buyurtmachilarni topib, ular bilan kelishuvni imzolashga erishdik. Kelgusida oʻzbek milliy cholgʻu asboblarini ham ishlab chiqarish orqali ichki bozorga kirib bormoqchimiz.
Tadbirkor Abduqahhor Abdusamatov esa respublikamizda u qadar rivojlanmagan ishlab chiqarish uslubini joriy etishga qaror qildi. Buning uchun qogʻozni qayta ishlash yoʻnalishini maʼqul topdi. Ichki bozorning talab va ehtiyojlarini oʻrgangach, Xitoy davlatidan zamonaviy texnologiyalarni keltirdi.
— Loyihamizni mahalliy hokimlik vakillariga taqdim etganimizdan keyin bizga Yoshlar kichik sanoat zonasidan 15 sotix yer maydoni ajratishdi, —deydi tadbirkor Abduqahhor Abdusamatov. — Bu yerda ishlab chiqarish korxonasini barpo etdik. Shundan soʻng 2,5 mlrd. soʻmlik investitsiya kiritdik. Ayni paytga kelib qogʻoz mahsulotlarini ishlab chiqarmoqdamiz.

Tadbirkorning rejalari ham katta. Kelgusida bir yilda 1000 tonna mahsulotni qayta ishlovchi dastgohlarni ishga tushirish orqali 85 ta yangi ish oʻrni yaratishni koʻzlagan.
Bir soʻz bilan aytganda, kichik sanoat zonasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Bu esa respublikamizda yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash samarasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
- Berlinda Navroʻz: Yangi Oʻzbekiston madaniyatining jahon sahnasidagi munosib taqdimoti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring