“Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” boshqa bir aksiyadorlik jamiyatiga qoʻshib yuborildi
Shavkat Mirziyoyevning “Kichik biznesni uzluksiz qoʻllab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Qarori qabul qilingandi. Ushbu qaror bilan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qoʻshimcha vazifalar yuklatildi.
Maʼlum boʻlishicha, “Kichik biznesni rivojlantirish jamgʻarmasi” MCHJning mol-mulklari baholashdan oʻtkazmagan holda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga qoʻshib yuboriladi.
Shu tariqa, dastur doirasida mikrokreditlar ajratish va resurs mablagʻlari bilan taʼminlashda, “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga moliyaviy mablagʻlarni Markaziy bankning asosiy stavkasidan 2 foiz band past stavkada 3-yil imtiyozli davr bilan 7-yil muddatga joylashtirish tartibi joriy etiladi.
Bundan tashqari, 2024-yil 1-noyabrdan mikrokreditlarni qayta moliyalashtirishda ular boʻyicha yuzaga keladigan kredit tavakkalchiligini tumanlar (shaharlar) toifasidan kelib chiqib, Kompaniya va mikrokredit beruvchilar oʻrtasida taqsimlash tizimi joriy qilinishi ham koʻzda tutilgan.
Ushbu qaror bilan “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJga quyidagi vazifalar yuklatildi:
Birinchidan, qayta moliyalashtiriladigan yoki kafillik taqdim etiladigan mikrokreditlarning shartlariga, mikrokredit oluvchilarga qoʻyiladigan talablarni va mikrokreditlar ajratadigan banklar va mikromoliya tashkilotlariga nisbatan muvofiqlik mezonlarini belgilash;
Ikkinchidan, Respublika byudjeti va boshqa manbalardan moliyaviy mablagʻlarni jalb qilish va ularni kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha tavakkalchiliklarni oʻzaro taqsimlash asosida qayta moliyalashtirishga yoʻnaltirish;
Uchinchidan, mikrokredit beruvchilar tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan kichik tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan mikrokreditlar boʻyicha portfel kafilliklar taqdim etish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring