Kibersport: “Uzbekistan Esports Championship” grand finali boshlandi

17:44 07 May 2023 Sport
680 0

Toshkentda 332 mln soʻmlik sovrin jamgʻarmasiga ega boʻlgan “Uzbekistan Esports Championship” grand finaliga start berildi.

Ushbu turnir Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, IT-Park, Oʻzbekiston kibersport assotsiatsiyasi, Kibersport federatsiyasi koʻmagida oʻtkazilmoqda.

Musobaqa ishtirokchilari — kibersportchilar CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFutbol kabi yoʻnalishlarda bellashadilar.

Turnir finalida Yoshlar siyosati va sport vaziri birinchi oʻrinbosari Alisher Saʼdullayev ishtirok etib, ishtirokchilarga omad tiladi.

Eslatib oʻtamiz, yurtimizda birinchi marotaba boʻlib oʻtayotgan kibersport yoʻnalishi boʻyicha “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatining dastlabki bosqichida 2894 ta kibersportchi roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, Kibersportning 5 turi boʻyicha jami 770 dan ziyod jamoalar shakllantirilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?