Xushxabar: Ruslan Nurudinov mutlaq jahon chempionligini qoʻlga kiritdi!
Kolumbiyadan navbatdagi xushxabar. Hamyurtimiz Ruslan Nurudinov dunyo birinchiligida -109 kg. vazn toifasida mutlaq jahon chempionligini qoʻlga kiritdi. Bu bilan andijonlik polvonimiz ikki bor jahon chempionligiga erishgan birinchi oʻzbek ogʻir atletikachisiga aylandi.
Nurudinov dast koʻtarish mashqida 177 kg., siltab koʻtarishda 220 kg. va umumiy hisobda 397 kg. bilan ushbu vazn toifasida tengsiz ekanini koʻrsatib, 3 yoʻnalishda oltin medallarga egalik qildi. Bu uning faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik. Hamyurtimiz eng yaqin taʼqibchisini 8 kg.ga ortda qoldirishga erishdi.
Ogʻir atletika boʻyicha JCH
Erkaklar, -109 kg:
— Ruslan Nurudinov (Oʻzbekiston) - 397 (177+220) kg.
— Giorgi Chxeidze (Gruziya) - 389 (170+219) kg.
— Rafael Kastilyo (Kolumbiya) - 388 (174+214) kg.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring