XTB oʻquvchinig qoʻliga sirkul tiqib, chiroyli yozishni oʻrgatmoqchi boʻlgan oʻqituvchiga oid xabarni oʻrganmoqda

15:09 09 Dekabr 2019 Jamiyat
1534 0

Illyustrativ foto

Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi viloyat maktablaridan birida oʻquvchining qoʻliga sirkul tiqib, chiroyli yozishni oʻrgatmoqchi boʻlgan oʻqituvchi haqidagi xabarni oʻrganmoqda. Bu haqda XTV xabar berdi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, Buxoro viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi oʻqituvchiga qarshi qonunchilik doirasida jazo belgilaydi va voqea tafsilotlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beradi.

Xalq taʼlimi vazirligi taʼlim jarayonida kuch ishlatish va zoʻravonlik qilinishini qoralaydi.

Shu oʻrinda, bu kabi holatlarni oldini olish uchun oʻqituvchilarni kasbiy litsenziyalash tizimini joriy qilish taklif etilganligini eslatib oʻtamiz. Litsenziyalash tizimi doirasida oʻqituvchilarning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligi baholanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?