Xoʻjaylida aholi chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtdi

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Buxoro viloyat hokimligi sogʻliqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan 50 nafarga yaqin malakali mutaxassisdan iborat ishchi guruh Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tuman aholisini chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazdi.
— Shifokorlarimiz toʻrt guruhga boʻlingan holda eng chekka hududlarda istiqomat qiluvchi aholi huzuriga bordi, — deydi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh mutaxassisi Maʼmuraxon Safoyeva. — Xususan, koʻp tarmoqli markaziy poliklinika, “Aybek” nomli 51-oilaviy poliklinika, “P.Xalmuratov” , “Taza baz”, “Xatep” OSHPlarida guruh aʼzolari fuqarolarga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish bilan bir qatorda sogʻlom turmush tarziga rioya etish, jismoniy faollikni oshirish, toʻgʻri ovqatlanish yuzasidan suhbatlar tashkil etishdi. Tadbirlarga mahallalar yettiligi ham jalb qilindi.
Xoʻjayli tumanida 126 ming nafardan ziyod aholi bor. Koʻp tarmoqli markaziy poliklinika va uning uchta filiali, 3 ta oilaviy poliklinika, 5 ta oilaviy shifokorlik punkti faoliyat koʻrsatmoqda. Targʻibot guruhi tomonidan shu maskanlarda ishlovchilar uchun “Yurak qon tomir tizimi kasalliklari skrining dasturi” hamda “Endokrinologik kasalliklarni oldini olishda tibbiyot xodimlarining oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy seminar ham tashkil etildi. Shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan 1-7-avgust kunlari butun dunyo boʻylab goʻdaklarni koʻkrak suti bilan boqish haftaligi eʼlon qilinganligi munosabati bilan barcha patronaj doyalar ishtirokida seminar treninglar uyushtirildi.
Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻriklar natijasida 21 nafar kishi statsionar davolanish uchun tuman tibbiyot birlashmasiga yotqizildi. 3 nafar fuqaroda mutaxassislar tomonidan yuqori texnologik operatsiyalar oʻtkazildi. Qolganlarga ambulator sharoitda davolanish uchun kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.
Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, Buxoro viloyati oʻz tajribasidan kelib chiqqan holda Xoʻjayli tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ishiga hissa qoʻshmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Tuman va shahar hokimi oʻrinbosarlari soni qisqartiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring