Xovos tumanida ham hokim almashdi
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Bugun, 9-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi oʻtkazildi. Tahliliy-tanqidiy ruhda oʻtgan sessiya ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi.
Turdimov oʻz nutqida tumanda bir qator muhim yoʻnalishlarda jiddiy qoloqlik va sustkashlik holatlari mavjudligini keskin tanqid qildi.
Kambagʻallikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalda yoʻlga qoʻyish, eksport hajmini koʻpaytirish kabi ustuvor masalalarda tuman birinchi rahbarining tashabbusi, masʼuliyati va talabchanligi yetarli darajada emasligini bildirdi.
Shuningdek, deputatlar ham tumanni yanada rivojlantirish borasida ishga solinmagan imkoniyatlar haqida oʻz fikrlarini bildirishdi. Shundan soʻng tashkiliy masala koʻrildi.
Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Yoʻldoshev Ulugʻbek Xasanovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Deputatlar tomonidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan Yuldashev Qomus Mirovich nomzodi Xovos tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Maʼlumot uchun, Qomus Yuldashev 1983-yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tugʻilgan. 2004-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring