Xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Senat huzuridagi Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari boʻyicha respublika komissiyasi tomonidan xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shuningdek, voyaga yetmaganlarga nisbatan nojoʻya harakatlarni sodir etganlik uchun javobgarlikni yanada kuchaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilib, xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik va shilqimlik harakatlari hamda boshqa salbiy holatlari qonunan keskin bartaraf etish zarurligi tashabbusi ilgari surildi.
Shu maqsadda Senatning 2022-yil 5-maydagi “Xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini ishonchli himoya qilish, ularga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonliklarga oid masalalar haqida”gi KQ-345–IV-sonli Qarori bilan Xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib, uning oldiga qator vazifalar belgilab berildi.
Ishchi guruh tarkibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Oliy sud, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, “Unicef” xalqaro tashkiloti vakillari, “SABR” Respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish markazi, Fuqarolik tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash markazi, Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi, “ISTIQLOL AVLODI” ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy qoʻllab-quvvatlash markazi, “Nihol” tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish markazi, huquqshunos olimlar, hamda jamoatchilik faollari shuningdek, Nemolchi.uz sayti vakillari faol ishtirok etdi.
Senat ishchi guruhi tomonidan parlament nazorati doirasida xotin-qizlar va bolalarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish masalalari oʻrganilib, mazkur masalaga oid normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan oʻtkazildi, koʻplab davlatlar xorijiy tajribasi tahlil qilindi.
Xususan, AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya, Bolgariya, Avstraliya, Xitoy, Rossiya, Belarus, Ukraina, Gruziya, Armaniston, Ozarbayjon hamda Markaziy Osiyo davlatlarining qonunchiligi oʻrganib chiqildi.
Ishchi guruhi 2022-yilning may-dekabr oylari davomida faoliyat olib borib, buning natijasida qator qonunlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni koʻzda tutuvchi kompleks qonun loyihasi ishlab chiqildi. Senatning qonunchilik tashabbusi mavjud emasligi nuqtayi nazaridan ushbu qonun loyihasi tegishli tartibda Hukumatga taqdim etildi (hozirda “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi regulation.gov.uzda joylashtirilgan).
Mazkur qonun loyihasini ishlab chiqishda faol ishtirok etgan barcha davlat va nodavlat tashkilotlari vakillariga, shuningdek, olimlar, jamoatchilik faollariga Senat Rahbariyati tomonidan minnatdorlik bildiriladi. Shu bilan birgalikda, Senat huzuridagi ishchi guruh mazkur qonun loyihasi qabul qilinishi, uning amaliyotga tatbiq etilishi hamda samarali taʼminlanishi boʻyicha oʻz faoliyatini izchil davom ettiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring