Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda

10:17 10 Yanvar 2025 Jamiyat
93 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Rishton tumanida 60 nafar, shundan 30 nafari kambagʻallik reyestrida turuvchi xotin-qizlarning bandiligi taʼminlandi.

Tuman istirohat bogʻida boʻlib oʻtgan tadbirda Rishton tumani hokimligi masʼullari tomonidan ushbu ayollarga subsidiya asosida mehnat qurollari tarqatildi.

— Mahallalardagi hokim yordamchilari tavsiyalari asosida 58 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinalari, 2 nafariga pishiriq pechi va yana bir oila bekasiga motokultivator berildi, — deydi Rishton tumani kambagʻallikni qisqartirish va bandlik boʻlimi boshligʻi Jaloliddin Rahimov. — Natijada ularga doimiy daromad manbaiga ega boʻlib, oilasi farovonligini taʼminlash imkoniyati yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?