Xorijiy tillarni oʻqitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida oʻquv-seminar oʻtkazildi

17:31 29 Avgust 2023 Jamiyat
237 0

Poytaxtimizda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan Xorijiy tillarni oʻqitish uchun chet el fuqarolarini jalb etish loyihasi doirasida oʻquv-seminar tashkil etildi.

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Usmon Sharifxoʻjayev Prezident Sh.Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan maktablarda taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchi oʻrnini koʻpaytirish, oʻqituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishida xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha yangi vazifalar belgilanganini taʼkidladi.

Treninglar avvalida xorijiy til fanlarining taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklar hamda oʻqitish metodikasi haqida toʻxtalib oʻtildi.

Shuningdek:

Oʻzbekiston Respublikasining tarixiy rivojlanishi, madaniyati va taʼlim tizimi;

iqtisodiy taraqqiyotda maktab taʼlimining oʻrni;

xorijiy mutaxassislarning oʻquvchilarda xorijiy fanlarni bilim va koʻnikmalarini shakllantirishda vazifalari;

xorijiy til fanlarining taʼlim standartlari, oʻquv dasturlari va darsliklari hamda oʻqitish metodikasi haqida soʻz yuritildi.

Maʼlumot uchun: joriy yilda maktabda dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egalari” olib kelinishi rejalashtirilmoqda.

Yangi tizim joriy qilinadigan maktablar koʻpayishini hisobga olib, kelgusi yilda yana 1,5 ming mutaxassis olib kelinishi koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?