Xorijiy tillar fan olimpiadasiga start berildi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasiga start berildi.
Respublika xorijiy tillar fan olimpiadasining ochilish marosimi avvalida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov so‘zga chiqib, mazkur olimpiada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning xorijiy tillar bo‘yicha bilimlari, qobiliyatlarini namoyon etish, iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni munosib taqdirlash imkonini berishini ta’kidladi, barcha ishtirokchilarni respublika bosqichiga yetib kelganliklari bilan tabrikladi.
Shundan so‘ng, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitet rektori I.Tuxtasinov so‘zga chiqib, olimpiadaning ahamiyati va uni o‘tkazish uchun amalga oshirilgan tayyorgarliklar haqida ma’lumot berib o‘tdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Shuningdek, tadbirda akademik olimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi. Ochilish marosimi nihoyalangach, ishtirokchilar birinchi shart bellashuvlariga yo‘l olishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov universitet rektori I.Tuxtasinov hamda mehmonlar bilan birgalikda O‘zDJTUda yaqinda faoliyatini boshlagan yangi obyektlarni ko‘zdan kechirdi.
Jumladan, “University Mall” savdo markazida bo‘lib, universitet logotipi tushirilgan mahsulotlar bilan tanishdi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan “Kulolman” kulolchilik markazi faoliyatini ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, mas’ullar universitetdagi eng zamonaviy uskunalarga ega bo‘lgan “Edusmart” studiyasi hamda O‘zDJTUning 75-yilligi munosabati bilan faoliyati yo‘lga qo‘yilgan muzeyda bo‘lib, ular faoliyati bilan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring