Xorijiy mamlakatlarda Oʻzbekiston tarixiga oid 9000 dan ortiq madaniy boyliklar aniqlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi tomonidan hozirgi kunga qadar dunyoning 40 ga yaqin mamlakatida saqlanayotgan Oʻzbekiston tarixi va madaniyatiga oid 9000 dan ortiq uy-roʻzgʻor ashyolari, arxeologik topilmalar, turli taqinchoqlar, qoʻlyozmalar, hujjatlar, toʻqimachilik ashyolari (palak, toʻn, atlas, beqasam va boshqa.), musiqa asboblari kabi madaniy boyliklarga oid maʼlumotlar toʻplandi.
Xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan oʻlkamiz tarixi va madaniyatiga oid qoʻlyozmalarni aniqlash, oʻrganish va nusxalarini yurtimizga olib kelish yoʻnalishida 2022-yilda 330 ta madaniy ashyo – 173 ta qoʻlyozma, 157 ta muzey eksponatiga oid maʼlumotlar aniqlandi va ularning ilmiy tavsifi amalga oshirildi.
2022-yildagi yana bir ilmiy muvaffaqiyat Agentlik xodimi, falsafa fanlari doktori, professor Roiq Bahodirovning bevosita tashabbusi va rahbarligi ostida Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi oliy oʻquv yurtlari kutubxonalarida saqlanayotgan allomalarimiz qalamiga mansub qoʻlyozmalarga taalluqli maʼlumotlarni qamrab olgan birinchi risola – “Habibullayev A. Ajdodlar merosi: AQSHdagi qoʻlyozmalar” nashr etildi.
Risolada quyidagi 13 ta kutubxonaning fondlarini oʻrganish natijasida ularda 31 nafar olim qalamiga mansub 123 ta asarning 556 ta qoʻlyozma nusxasi haqida ilmiy tavsifni oʻz ichiga qamrab olgan maʼlumotlar berilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring