Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslar qoʻllab-quvvatlanadi
“Mehnat migratsiyasi jarayonlarini takomillashtirish hamda xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-59-son, 04.04.2024 y.) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, quyidagilar tashkil etiladi:
— Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi (Agentlik);
— Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasida 4 shtat birligidan iborat boʻlgan Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari boʻlimi (Boʻlim);
Shuningdek, quyidagilar kiritiladi:
— kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining oʻrinbosari – Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktori lavozimi;
— Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya, BAA, Vengriya, Germaniya, Latviya, Polsha hamda Yaponiya davlatlaridagi diplomatik va konsullik muassasalari shtat jadvaliga qoʻshimcha ravishda 1 ta shtat birligidan iborat mehnat migratsiyasi masalalari boʻyicha attashe lavozimi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring