Xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni maʼlum boʻldi
Xorijiy mamlakatlarda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni maʼlum boʻldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
YUNESKO statistika instituti maʼlumotlariga koʻra, xorijda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalar soni 150,5 ming nafarni tashkil etgan. Ushbu maʼlumot 2023-yilning 1-yanvar holatiga koʻra tuzilgan.
Qayd etish kerakki, xorijiy davlatlarda tahsil olayotgan yurtdoshlarimiz soni bir yil ichida qariyb 24 ming nafarga oshgan.
Statistika agentligi xabariga koʻra, oʻzbekistonliklar eng koʻp Qozogʻiston davlatida oʻqishmoqda. Ushbu son taxminan 78,3 ming nafarni tashkil etgan.
Mintaqadagi ayrim davlatlar boʻyicha xorijda tahsil olayotgan talabalar sonining “TOP-9”ligi quyidagicha:
1. Qozogʻiston – 78,3 ming nafar
2. Ukraina – 76,8 ming nafar
3. Rossiya – 63,6 ming nafar
4. Turkmaniston – 60,9 ming nafar
5. Ozarbayjon – 49,7 ming nafar
6. Afgʻoniston – 34,3 ming nafar
7. Tojikiston – 32,5 ming nafar
8. Belarus R. – 27,0 ming nafar
9. Qirgʻiz R. – 17,1 ming nafar
Avvalroq, soliq toʻlovchilar 8 oyda 16 trillion soʻm soliq imtiyozlaridan foydalangani xabar berilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring