Xorij fuqarosi Oʻzbekiston milliy arxividagi tarixiy hujjatlardan foydalanish tartibi qanday?

15:32 20 Fevral 2021 Jamiyat
1260 0

Xorij fuqarosi Oʻzbekiston milliy arxividagi tarixiy hujjatlardan foydalanish tartibi qanday?  Ushbu savolga “Oʻzarxiv” agentligi matbuot kotibi Anvarjon Aliyev savolga javob berdi.

«Chet el fuqarosi davlat arxivlari oʻquv zallarida arxiv hujjatlaridan Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi bilan foydalanadi. Tashqi ishlar vazirligining yozma roziligi Oʻzbekistondagi xorijiy davlat elchixonasi, boshqa vakolatli organlar yoki foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot orqali rasmiylashtiriladi. Unda foydalanuvchi doimiy yashaydigan davlat nomi, foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ilmiy darajasi, xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni olib borayotganligi va qaysi arxivlarda ishlashi koʻrsatilishi shart.

Tashqi ishlar vazirligining xorijiy foydalanuvchiga davlat arxivi hujjatlari bilan aniq maqsadlar boʻyicha ishlash uchun yozma roziligi olingandan soʻng xorijiy davlatlarning elchixonasi yoki boshqa vakolatli organ yoxud foydalanuvchini rasmiy qabul qiluvchi tashkilot tegishli davlat arxiviga rasmiy xat taqdim etadi. Rasmiy xatda Tashqi ishlar vazirligining tegishli davlat arxivlarida ishlash uchun roziligi koʻrsatilishi kerak, unda hujjat raqami va sanasi, shuningdek, foydalanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, maʼlumoti, ilmiy darajasi, unvoni, ish joyi yoki oʻqish joyi, xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy, madaniy, maʼrifiy, taʼlim va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa ishlarni olib borayotganligi, izlanish olib borish nazarda tutilgan arxivlar nomi va hujjatlar koʻrsatiladi.

Davlat arxivlari mazkur xat asosida qayta soʻrovsiz tegishli xorijiy foydalanuvchiga (tadqiqot mavzusi oʻzgarmasa) arxiv oʻquv zalidan foydalanishga ruxsat beradi.

Foydalanuvchiga arxivdagi mavjud ilmiy-maʼlumot apparati (yoʻl koʻrsatkich, roʻyxatlar, kataloglar), shu jumladan kino, foto va fono hujjatlar nusxalari, mikronusxalar, elektron hujjatlar bilan ishlash uchun texnik jihozlar taqdim etiladi», deydi u.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?