Xorazmning “oʻsish nuqtalari” belgilandi
Prezidentimiz hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida joriy yilning 12-mart kuni Xorazm viloyatiga borgan edi. Tashrif jarayonida koʻplab islohotlar bilan tanishib, vohada yirik loyihalarni amalga oshirish, tashabbuslarni roʻyobga chiqarish, aholi turmushi farovonligini taʼminlash boʻyicha masʼullar oldiga aniq vazifalar qoʻygandi.
Bu tashrif haqiqatan xalqning uzoq kutilgan orzu-umidlarini roʻyobga chiqarish, yangilanishlar ostonasiga qadam qoʻyishiga zamin yaratdi. Oʻtgan qisqa vaqt ichida mamlakatimizning boshqa viloyatlarida boʻlgani singari Xorazm vohasida ham ulkan yangilanish va oʻzgarishlar roʻy berdi. Hududda ishga tushirilgan yigirmaga yaqin yirik loyihalar boshlangan ishlarning bir qismi xolos. Bir paytlar faqat agrar sohaga ixtisoslashgan voha bugun sanoatlashgan hududga aylangani ayni haqiqat.
Davlatimiz rahbari islohotlarning
“Beshinchi avlod” texnologiyasiga ega issiqxona
Prezidentimiz bundan uch yil avval keskin kontinental iqlimga ega voha sharoitida yirik hajmli issiqxonalar qurish gʻoyasini ilgari surgani yodimizda. Bu tashabbusdan soʻng 7 gektar maydonda 205 milliard soʻmlik miqdordagi xorij va milliy banklarning imtiyozli kreditlari evaziga beshinchi avlod innovatsion texnologiyalariga asoslangan issiqxona qurib, foydalanishga topshirildi. Eng muhimi, oʻtgan toʻqqiz oyda bu yerda ming tonnadan ortiq bodring, besh yuz tonnaga yaqin pomidor yetishtirilib, ichki va tashqi bozorga chiqarildi.
Xorazm viloyatiga tashrif aynan Xonqa tumanidagi innovatsion issiqxonadan boshlagani bejiz emas. Chunki bunday “beshinchi avlod” texnologiyasiga ega issiqxonalar dunyoda 200 gektar atrofida. Shundan 7 gektari bizning mamlakatimizda. Shu jihatdan, davlatimiz rahbari bunday issiqxonalar koʻpayishi uchun boshqa tadbirkorlarni ham oʻrgatib, har tomonlama yordam berish kerakligini aytdi. Ushbu majmuani oʻziga xos maktab sifatida belgilab, tadbirkorlarni oʻqitish zarurligini bildirdi.
Biz ham “Aholi tomorqalaridan samarali foydalanishning yangi tizimi” boʻyicha taqdimot qildik. Birinchi navbatda bu yerda sholichilikni rivojlantirish masalalari, ayniqsa, “temir daftar”
Taqdimotda Yangibozor tumanini tomorqadan yiliga ikki-uch marotaba hosil oladigan eng namunali tumanga aylantirish boʻyicha 8 ta yoʻnalishda aniq rejalarni belgilab oldik. Birinchisi, 1-3 sotixli ixcham issiqxonalarni koʻpaytirish. Ikkinchi yoʻnalish – uzumchilikni rivojlantirish. Uchinchidan eksportbop anor ekishga mahallalarni ixtisoslashtirish boʻyicha ham topshiriqlar berildi. Albatta, bu loyihalarning hayotga tatbiq etilishi natijasida viloyatning eksport salohiyati, hajmi keskin oshib, minglab yangi ish oʻrinlari yaratiladi.
Yana bir muhim jihat, hozirgi paytda chorva hayvonlari va parrandalarning yemi boʻlgan soya ekish va undan yuqori daromad olish boʻyicha tajribani ommalashtirish eng asosiy masala hisoblanadi. Zero, buning natijasida ham yerning hosildorligi ortadi, ham dehqonlarimizga qoʻshimcha daromad boʻladi. Eng muhimi, soya ekilsa, bitta maydondan ikki barobardan ziyod daromad olish, yana koʻproq odamlarni ish bilan taʼminlash mumkin. Shundan kelib chiqib, bu borada ham muhim vazifalarni belgilab oldik.
“Mahalla raisi — islohotchi” tamoyili asosida
Mahalla tizimi jamiyatimizning eng muhim va tayanch boʻgʻini hisoblanadi. Boisi, bizdagi kabi mahalla instituti dunyoning boshqa hech bir davlatida uchramaydi. Shu jihatdan, ushbu institutning Oʻzbekistonda demokratik islohotlarni yana-da chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda aholining keng qatlamlari manfaatlarini ifoda etishdagi roli tobora ortib borayotir.
Binobarin, bugun mahallalar avvalgidek murojaatlar bilan cheklanib qolmay, odamlar ichiga kirib, ularning
Davlatimiz rahbarining vohaga tashrifi davomida Xorazm viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish,
Tan olish kerak, hozirga qadar islohotlarni eng quyi boʻgʻinga yetkazishda mahallaning vazifalari nimadan iborat ekanini mahalla raislari ham, hattoki, tuman hokimlari ham yaxshi tushunmas edi. Shu sababdan davlatimiz rahbarining shahar va tumanlarda soliq, moliya, bandlik, investitsiya, tadbirkorlik va boshqa masalalarga masʼul rahbarlarni mahallalarga biriktirish toʻgʻrisidagi taklifi juda oʻrinli boʻldi. Bundan buyon mahalla raislari oʻz hududidagi muammolar boʻyicha ularga talab qoʻyish imkoniga ega boʻladi, aholini qiynab kelayotgan masalalarni birgalikda hal etish choralarini koʻradi. Bu orqali koʻp yillardan buyon eng quyi tizimlarda toʻplanib qolgan muammolarga oʻz vaqtida barham beriladi, odamlarning mahalla institutiga boʻlgan munosabati oʻzgaradi.
“Oʻsish nuqtalari” belgilandi
Urganch shahrida viloyat faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida boʻlib oʻtgan yigʻilishda qishloq xoʻjaligi, ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish oʻrinlari yaratish, kam taʼminlanganlarni kambagʻallikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash kabi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama qilinib, har bir shahar va tuman, mahallalarda mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, “oʻsish nuqtalari” belgilandi.
Endilikda Urganch shahrida toʻqimachilik va turizm, Xiva shahrida turizm va qurilish materiallari, Gurlan tumanida toʻqimachilik va issiqxona xoʻjaligi, Yangibozor tumanida issiqxona va meva-sabzavotni qayta ishlash, Tuproqqalʼa tumanida mashinasozlik va elektr texnikasi kabi yoʻnalishlar rivojlantiriladi. Bu yoʻnalishlarda ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun har bir hududga vazirlik va banklar rahbarlari biriktirildi.
Bu borada 2021-yilda vohada oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va ayollar bandligini oshirish maqsadlariga 500 milliard soʻm kredit resursi ajratilishi ham muhim voqelik boʻldi.
Bir soʻz bilan aytganda, Prezidentimizning Xorazm viloyatiga tashrifi tom maʼnoda tarixiy voqea boʻldi. Hudud ahlining kayfiyatini koʻtardi, ertangi kunga boʻlgan ishonchini yana-da mustahkamladi. Har bir yoshga, tadbirkorga beqiyos kuch-quvvat bagʻishladi, yangi loyihalarga ilhomlantirdi. Demak, endi belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini sifatli va yuqori saviyada taʼminlashda barchamiz, xususan, biz deputatlar ham faol va tashabbuskor boʻlishimiz lozim.
Aktam HAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri oʻrinbosari,
OʻzLiDeP fraksiyasi rahbari
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring