Xorazmga katta futbol qaytmoqda
Bugun, 18-avgust kuni Oʻzbekiston Superligasining 19-turi doirasida “Xorazm” jamoasi oʻz maydonida Navoiyning “Qizilqum” klubini qabul qiladi.
Taʼkidlash kerakki, Xorazm viloyatida katta futbol musobaqalari oʻtkazilmaganiga 15-yil boʻldi. Viloyat bosh jamoasi “Xorazm” oʻz maydonida oʻtgan soʻnggi Oliy liga oʻyinini 2010-yilning 31-oktyabr sanasida Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi oʻtkazgan edi.
Jamoa bu yil boshida “Metallurg” klubi oʻz faoliyatini yakunlaganidan keyin, istisnoli holat sabab Superligaga jalb etildi. Tabiiyki, jamoaning maydoni Superliga talabida emas edi. Shu bois, “Xorazm” mezbon sifatida oʻtkazishi kerak boʻlgan 9 ta oʻyinni betaraf maydonda oʻtkazdi.
Oʻtgan vaqt mobaynida jamoa stadionida taʼmirlash va rekonstruksiya qilish ishlari olib borildi va stadion Liga talabiga moslashtirildi. Bu turdan jamoa oʻz stadioniga qaytadi.
Eslatib oʻtamiz, “Xorazm” – “Qizilqum” oʻyini bugun, 18-avgust kuni soat 19:00 da start oladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- Tabiat va sivilizatsiya uyg‘unlashgan shahar – Syurixdan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring