Xorazmda tez tibbiy yordam xizmatlariga 28 ta “Wolkswagen Caddy” topshirildi

14:02 19 Iyun 2024 Jamiyat
135 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatida tez tibbiy yordam tizimida mavjud avtotransport vositalarini 2022—2025-yillarda bosqichma-bosqich yangilash koʻzda tutilgan. Oʻtgan yil viloyatdagi shahar va tuman tez tibbiy yordam boʻlimlariga “Wolkswagen Caddy” rusumli 28 ta zamonaviy avtotransport vositalari keltirildi. Yaqinda ushbu rusumdagi tez tibbiy yordam mashinalaridan yana 15 tasi Respublika tez tibbiy yordam markazining Xorazm filialiga topshirildi.

Eng soʻnggi va zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan bu avtotransport vositalari xalqaro talablarga toʻla mos kelib, uning ichki qismi bemor va tibbiy xodimlarga qulay joylashish imkonini beradi, deydi Xorazm viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Koʻpal Tangriberdiyev. Ular shahar ichida harakatlanish boʻyicha yuqori texnik koʻrsatkichlarga ega boʻlib, oʻtuvchanligi, ishonchliligi hamda tejamkorligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, bu avtomobillarda harakatni toʻxtatmay turib ham bemorga zarur tibbiy yordamni koʻrsatish mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?