Xorazmda YPX xodimining buyrugʻiga boʻysunmay, yoʻlovchilari bilan birga qochgan haydovchi jazolandi

23:05 13 May 2024 Jamiyat
148 0

Foto: Xorazm IIB

Keyinchalik haydovchi yoʻlovchilarni Yangibozor tumanidagi notanish joyga tashlab ketgan.

Xorazm viloyati Urganch shahrida YPX xodimining toʻxtash ishorasiga boʻysunmay, yoʻlovchilari bilan birga qochgan taksichi ushlandi va jazolandi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanuvchi Gentra rusumli avtomashina haydovchisi joriy yilning 2-may kuni Urganch shahrining Gurlan koʻchasida yoʻl harakati qoidalarini chetlab oʻtib, svetoforning qizil chirogʻida, bu ham yetmagandek, yoʻlning qarama-qarshi tomonidan harakatlangan.

YPX inspektori tomonidan unga toʻxtash ishorasi berilgan. Haydovchi qonuniy talabni bajarmay, toʻxtamasdan, katta tezlikda harakatlanib, nomaʼlum tomonga ketib qolgan.

Keyinchalik haydovchi yoʻlovchilarni Yangibozor tumanidagi notanish joyga tashlab ketgan.

Shundan soʻng ular haydovchiga nisbatan qonuniy chora koʻrishni soʻrab, Ichki ishlar organlariga murojaat qilishgan. Xorazm viloyati IIB tomonidan haydovchining shaxsiga aniqlik kiritilib, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning bir necha moddalari bilan ish qoʻzgʻatilgan, avtomashinasi jarima maydoniga qoʻyilgan.

Taʼkidlanishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Urganch shahri sudi haydovchini BHM 12 baravari (4 mln 80 ming soʻm) miqdorida jarimaga tortgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер