Xorazmda yirik quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Jahon banki “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm viloyatidagi yangi quyosh elektr stansiyasidan elektr energiyasi xarid qilishi uchun Oʻzbekistonga bank kafolati koʻrinishida 3,5 mln dollar ajratdi.
Jahon banki Oʻzbekiston uchun bank kafolati koʻrinishida 3,5 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni maʼqulladi.
Ushbu kafolat “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” davlat kompaniyasining 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish boʻyicha toʻlov majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlaydi. Xorazm viloyatidagi mazkur obyektni qurish va ekspluatatsiya qilish Fransiyaning “Voltalia” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish 2025-yilning noyabriga moʻljallangan. U 177 gektar maydonda joylashgan boʻlib, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi.
Uning faoliyati yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini qisqartirish va 60 mingga yaqin xonadonni toza energiya bilan taʼminlash imkonini berishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring