Xorazmda fotihasi buzilgan qiz oʻzini kanalga tashlagan. Jasadi 10 kundan buyon suvda ekani aytilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda “Singlimning jasadi 10 kundan beri suvda yotibdi” Xorazmda fotihasi buzilgan qiz oʻzini kanalga tashladi» sarlavhali xabarlar tarqaldi. Holatga Xorazm viloyati FVB rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, fuqaroning suvga choʻkkanligi haqidagi xabar kelib tushgan vaqtdan boshlab, Favqulodda vaziyatlar vazirligining Xorazm viloyati boshqarmasi qidiruv-qutqaruv guruhi tomonidan «Toshsoqa» chap qirgʻoq kanalida suvda qidiruv ishlari olib borilmoqda. Kanal oqimi boʻylab, Tuproqqalʼa, Xazorasp, Bogʻot, Xonqa tumanlari, Urganch shahar va tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimlaridan masʼul xodimlar qidiruv ishlariga safarbar etilgan.
Shuningdek, qidiruv-qutqaruv jarayoniga barcha aloqador xizmatlar ham jalb qilingan boʻlib, mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring