Xorazm viloyati paxta yetishtirish boʻyicha shartnomaviy rejasini bajardi
Joriy yilda viloyatda 1502 ta xoʻjaliklarning 70 ming gektar maydoniga chigit ekilib, 304,5 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirish boʻyicha shartnomalar tuzildi. Bugungi kunga qadar 308 ming 485 tonna yoki rejaga nisbatan 101,3 foiz hosil yigʻishtirib olindi. Oʻrtacha hosildorlik gektaridan 45 sentnerni tashkil qilmoqda.
Bu yil mavsumda hosilni yigʻishtirib olish uchun 128 ta zamonaviy paxta terish mashinalari, 120 ming nafar koʻngilli terimchilar jalb qilindi. Hosilning dalalarda qolgan qismini ham tez kunda yigʻishtirib olish choralari koʻrilmoqda.
Viloyatda paxta yetishtirishga ilmiy asosda yondashib, yangi agrotexnologiyalar keng joriy etilayotgani, istiqbolli gʻoʻza navlariga eʼtibor qaratilayotgani erishilgan yutuqlarning asosiy omili boʻldi.
Odilbek ODAMBOYEV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring