Xorazm va Toshkentda «valyutchik»lar ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Toshkent shahar Yashnobod tumani va Xorazmning Qoʻshkoʻpir tumanlarida noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.
Bildirilishicha, holatlardan biri departamentning Yashnobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda aniqlandi. Unda tumandagi Visol koʻchasida joylashgan xonadonlardan birida valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan M.X. fuqaro J.X.ga jami 5 150 AQSH dollarini 65 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, yonidan 90,5 million soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, departamentning Qoʻshkoʻpir tuman boʻlimi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan T.R. fuqaro E.Q.ga jami 3 500 AQSH dollarini 43,7 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring