Xitoyda toshqinlar tufayli 50 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
Guandun provinsiyasi (Xitoy) kuchli yomgʻirdan jabr koʻrdi, bu esa suv toshqinlariga olib keldi. Bu haqda “Sinxua” xabar bermoqda.
Yomgʻir Shaoguan, Guanchjou, Xeyuan, Chjaoqin, Tsinyuan, Meychjou va Xuychjou hududlariga taʼsir koʻrsatgan. Suv toshqinlari uylarga zarar yetkazgan, yoʻllarning yopilishi hamda koʻchkilarga sabab boʻlgan.
Viloyat boʻylab 53 741 kishi evakuatsiya qilingan. Shundan 12 256 kishi tezlashtirilgan tartibda evakuatsiya qilinib, xavfsiz joylarga joylashtirilgan.
11 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida ekanligi aniqlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring