Xitoyda qiruvchi samolyot mashgʻulotlar paytida qulab tushdi
Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining J-15 qiruvchi samolyoti oʻquv mashgʻulotlari paytida qulab tushdi, deb xabar bermoqda mahalliy nashrlar.
Maʼlum qilinishicha, aviatexnika kecha, 15-mart kuni Janubiy Xitoy dengiziga yondosh hudud — Xaynan provinsiyasidagi ochiq maydonga qulab tushgan. Qulashdan oldin katapulta qilishga muvaffaq boʻlgan uchuvchi omon qolgan.
XXR harbiy-dengiz kuchlari halokat oqibatlarini bartaraf etish boʻyicha saʼy-harakatlarni tashkil qilmoqda. Halokat sabablari boʻyicha tergov boshlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring