Xitoyda poraxoʻrlikda ayblangan sobiq amaldor qatl etildi
Xitoyda pora olish jinoyatida ayblanib, oʻlim jazosiga hukm qilingan “Huarong Asset Management” kompaniyasining sobiq bosh direktori qatl qilindi. Bu haqda 9-dekabr kuni Xitoy Markaziy Televideniyesi (CCTV) xabar berdi.
Lay Syaomin Xitoyning yirik qarzlar bilan ishlovchi “Huarong Asset Management” kompaniyasiga raislik qilgan, undan oldin esa markaziy bank va Bank nazorati komissiyasida masʼul lavozimlarda ishlagan. U 5-yanvar kuni Tyanszinning oʻrta sudi tomonidan korrupsiya va ikki xotinlik (bigamiya) ayblovlari boʻyicha oʻlim jazosiga hukm qilingan edi.
Sud hukmida aytilishicha, Lay pora olishda “oʻta yovuz niyat” bilan ish tutgan, jinoyatlarining masshtabi esa “oʻta jiddiy” baholangan. Oliy sud uning ayrim “xizmatlari”ni inobatga olgan boʻlsa-da, jinoyatlarining tabiati sabab yengillik qilishga asos topmagan. Qatldan oldin u yaqin qarindoshlari bilan uchrashishga ruxsat olgan.
Lay Syaominning ishi Xitoydagi eng yirik korrupsiya ishlaridan biri sifatida qayd etilmoqda. 58 yoshli Lay 2008–2018-yillarda jami 1,79 milliard yuan (taxminan 278 million dollar) pora olgan. Tekshiruv paytida uning Pekindagi kvartiralaridan seyf va chemodanlar toʻla naqd pul, alting tasmalar va qimmatbaho avtomobillar topilgan. Lay oʻzi bergan koʻrsatmada pullarni “hech sarflamaganini, faqat saqlab qoʻyganini” aytgan.

Ayblovlar orasida ikki xotinlik ham bor: sud maʼlumotlariga koʻra, Lay oilasi bor boʻlishiga qaramay, boshqa bir ayol bilan uzoq vaqt yangi oila sifatida yashab, noqonuniy farzandlar koʻrgan. Sud uning barcha shaxsiy mol-mulkini musodara qilish va siyosiy huquqlaridan mahrum etish toʻgʻrisida ham qaror chiqargan.
Ushbu jinoyat ishi Xitoy rahbari Si Szinpin boshlagan qatʼiy antikorrupsiya kampaniyasi doirasidagi eng keskin jazolardan biri boʻldi. Odatda bunday ishlar boʻyicha umrbod qamoq yoki ikki yillik kechiktirilgan oʻlim jazosi qoʻllanilardi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring