Xitoyda Ipak yoʻlidagi arxeologiya va madaniy merosni saqlash xalqaro simpoziumi boʻlib oʻtdi

14:19 31 Avgust 2023 Dunyo
879 0

Samarqand arxeologiya instituti direktori Moʻminxon Saidov 29-avgust – 1-sentabr kunlari Sian shahrida (XXR) Shimoli-gʻarbiy universitet tomonidan tashkil etilgan Ipak yoʻlidagi arxeologiya va madaniy merosni saqlash xalqaro simpoziumida ishtirok etdi.

Anjuman doirasida oʻzbekistonlik olim Ipak yoʻli arxeologik tarmoqlarining ochilish marosimida yurtimiz nomidan qatnashib, “Oʻzbekiston arxeologik xaritasi: muammo va istiqbollar” mavzusida maʼruza qildi. Ushbu maʼruzada koʻtarilgan dolzarb masalalar ilmiy jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?