Xitoyda COVID-19 aniqlangan har bir bemorga 1570 dollardan pul beriladi
Foto: AP
Xitoyning Xarbin shahri mahalliy maʼmuriyati COVID-19 testi ijobiy chiqqan har bir fuqaroga 1570 dollardan toʻlashga qaror qildi. Biroq, bu pulni faqat kasallikni yuqtirganini bilib, oʻz xohishi bilan test topshirganlar oladi.
Beijing News xabariga koʻra, bunday chora-tadbirlar koronavirus bilan kasallanganlar sonining past darajada tushgani sababli qabul qilindi. Hozir Xarbinda kuniga oʻnga yaqin virus bilan zararlanish holatlari qayd etilmoqda.
Rasmiylarning fikriga koʻra, odamlar virusni yuqtirganliklari haqida xabar berishdan qoʻrqishadi va ular testdan oʻtishdan qochishadi. Endi ixtiyoriy ravishda test topshirish punktlariga kelganlarda agar infeksiya borligi maʼlum boʻlsa, ularga 1570 dollardan beriladi.
“Agar siz COVID-19 alomatlarini sezsangiz, niqob taqing, eng yaqin shifoxonaga boring va qayerga borganingizni va kim bilan muloqotda boʻlganingizni ayting”, deyiladi shahar sogʻliqni saqlash idorasi bayonotida.
Xarbin Xitoyning eng shimolida joylashgan Xeylunszyan muzofoti poytaxti hisoblanadi va bu yerda qariyb 5,3 million kishi yashaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring