Xitoy Tayvan mustaqilligini kuch bilan toʻxtatishga tayyor

10:34 04 Iyun 2024 Dunyo
357 0

Xitoy mudofaa vaziri Dong Jun Singapur xavfsizlik forumida mamlakat armiyasi Tayvan mustaqilligini kuch bilan toʻxtatishga tayyorligini bildirdi.

“Kimki Tayvanni Xitoydan ajratmoqchi boʻlsa, ularning oʻzlari parchalanib, yoʻq boʻladi”, degan vazir.

Dong Jun Tayvanning oʻzini-oʻzi boshqarish demokratsiyasi Xitoy uchun masalaning asosiy oʻzagi ekanini aytdi. Rasmiy Pekin Tayvanning Demokratik Progressiv partiyasi borgan sari separatizmga intilayotgani daʼvo qilmoqda. Shuningdek, vazir Xitoy xalq ozodlik armiyasi har doim vatanni birlashtirishda qudratli kuch boʻlib kelganini qoʻshimcha qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?