Xitoy paradda qanday qurollarini koʻrsatdi
Pekinda ikkinchi jahon urushi tugaganining 80-yilligi munosabati bilan katta harbiy parad boʻlib oʻtdi. Si Szinpin 24 ta davlat rahbarlarini, jumladan, Vladimir Putin va Kim Chen Inni taklif qildi.
“Xitoyliklar zoʻravonlikdan qoʻrqmaydigan, mustaqil va kuchli xalqdir. Bugungi kunda insoniyat tinchlik yoki urush, dialog yoki qarama — qarshilik tanloviga duch kelmoqda”, — deydi XXR Raisi.
Oʻn minglab askarlar Tiananmen maydonida saf tortar ekan, xitoyliklar AQSHgacha yetib bora oladigan zamonaviy gipertovushli raketalarni, havo hujumidan mudofaa raketalarini, uchuvchisiz uchish qurilmalarini, tanklarni, samolyotlarni hamda qitʼalararo ballistik raketalarni namoyish etdi.
“Parad Xitoy katta kuchlarga qarshi turishga va harbiy qarama — qarshilikka tayyorligini koʻrsatdi”, — deydi SPEAR xavfsizlik, siyosat va iqtisodiyot instituti direktori May-Britt Shtumbaum.
Xitoy boʻyicha mutaxassis Adrian Gaygesning qoʻshimcha qilishicha, Si Szinpin oʻzini koʻplab mamlakatlarda hurmatga sazovor boʻlgan yangi xalqaro kuch yetakchisi sifatida koʻrsatmoqda. Gaygesning soʻzlariga koʻra, Si Szinpin, Putin va Kim Chen Inning birgalikda paradda koʻrinish berishi yuqori ramziy maʼnoga ega. Mutaxassis buni erkinlikka qarshi birlashgan front sifatida taʼriflayapti.
“Bu Xitoy, Rossiya va Shimoliy Koreyaning yaqin harbiy aloqasini anglatadi. Kim Chen In minglab askarlarini Ukrainaga qarshi jang qilish uchun yuboradi, Si Szinpin esa ikki tomonlama oʻyin oʻynaydi. Gʻarbda u tinchlikparvar sifatida koʻrinishga harakat qiladi, lekin tobora koʻproq rus gazini sotib oladi va shu bilan urushni moliyalashtiradi”, — deydi ekspert.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring