Xitoy kompaniyasi Toshkent — Samarqand yoʻnalishidagi yangi temir yoʻl qurilishida ishtirok etishi mumkin

18:13 15 Avgust 2025 Jamiyat
204 0

Foto: Arxiv surat

Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, Xitoyning Tianjin Rail Transit Group kompaniyasi Oʻzbekistonda temir yoʻl sohasini rivojlantirish loyihalarida ishtirok etishga qiziqish bildirgan.

Kuni kecha transport vaziri oʻrinbosari Jasurbek Choriyev kompaniyaning bosh direktor oʻrinbosari Yunkan Ma bilan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbatda metrotransport va temir yoʻl infratuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy kompaniyasi mavjud metro yoʻnalishlarini rekonstruksiya qilish va yangi liniyalar qurish, shuningdek, Toshkent — Samarqand yoʻnalishida yangi temir yoʻl qurilishi loyihalarida ishtirok etish istagini bildirdi. Kompaniya ushbu loyihalarni chuqur oʻrgangan holda oʻz takliflarini taqdim etishga tayyorligini maʼlum qildi.

Shuningdek, Jasurbek Choriyev Xitoy — Qirgʻiziston — Oʻzbekiston temir yoʻli va Transafgʻon koridori qurilishi loyihalari haqida maʼlumot berdi. U mazkur yoʻnalishlarda moliyalashtirish, zamonaviy texnologiyalar va innovatsion yechimlarni jalb qilish boʻyicha hamkorlikka qiziqish yuqoriligini taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер