Xanoy, Los, Ivanovo, Prata shaharlarida toʻqimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi
Prezidentimiz mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib chiqishga alohida toʻxtaldi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Mashhur brendlar oʻzi ishlab chiqarish qilmay, balki aniq talablarni belgilab, buyurtmalarini bunga javob beradigan ishlab chiqaruvchilarga joylashtiradi. “Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan” yorligʻi bor mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda brendga aylanmagani uchun arzon sotilmoqda.
Endi mahsulotlarni faqat oʻzimizdan chiqib ketgunicha emas, balki ularni tashqi bozorlarda brend sifatida tanitish uchun sharoit yaratib berish zarurligi taʼkidlandi.
Savdo sanoat palatasi mato, uy tekstili, ichki kiyimlar, gilam, poyabzal, charm aksessuarlar, quritilgan va konservalangan meva-sabzavot, qandolat, lak-boʻyoq, marmar, chinni, kafel, idish va santexnikalar boʻyicha mashhur brendlar buyurtmalarini joylashtiruvchi 30 ta “sorsing” kompaniyasi bilan kelishuvga erishib, mahalliy korxonalarimiz bilan bogʻlashi zarurligi aytildi.
Shuningdek, kelgusi yilda Xanoy (Vyetnam), Los (Polsha), Ivanovo (Rossiya), Prata (Italiya) shaharlarida toʻqimachilik savdo uylarini ochishga topshiriq berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring