Xanchjou-2022 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari qoldirildi

Foto: Illustrativ foto
Joriy yilning kuzida Xanchjouda boʻlib oʻtishi kerak boʻlgan Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari nomaʼlum muddatga qoldirildi. Bu haqda musobaqaning tashkiliy qoʻmitasi maʼlum qildi.
Xitoydagi Covid-19 bilan bogʻliq vaziyat musobaqaning kechiktirilishiga sabab boʻlgani aytilmoqda.
Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarining yangi sanalari esa keyinroq eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun, musobaqa mezboni hisoblangan Xanchjou Xitoyning eng yirik shahri - Shanxay yaqinida joylashgan. Shanxayda esa koronavirus bilan bogʻliq sabablar bilan yaqinda bir haftalik karantin joriy etilgan edi.
Bundan avvalroq, tashkilotchilar joriy yil Pekinda boʻlib oʻtgan qishki Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlarining muvaffaqiyatli tajribasidan saboq olgan holda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarini ham ana shu reja asosida oʻtkazishni rejalashtirayotganliklarini maʼlum qilishgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 422 ta Hukumat qarori bekor qilindi
- Yevropada maymun chechakdan birinchi oʻlim qayd etilgani maʼlum qilindi
- Maymun chechak Osiyoning yana bir davlatiga kirib keldi
- Oʻzbekistonlik bokschilar Quvaytdagi musobaqada 5 ta oltin medalga sazovor boʻlishdi
- JSST maymun chechagi epidemiyasini favqulodda holat deb eʼlon qildi
- Buyuk Britaniya politsiyasi qiymati 40 million funt sterlinglik boʻlgan kokainni musodara qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring