Xalqimizning ulkan maʼnaviy merosi
Insoniyat tafakkurining yorqin mahsuli boʻlgan maqom sanʼatini keng targʻib qilish, uni, ayniqsa, yoshlar orasida ommalashtirish boʻyicha yangi loyihaga qoʻl urildi.
Gap shundaki, “Yangi Oʻzbekistonda milliy maqom Renessansi anʼanalari” nomli maʼrifiy tadbirga start berildi. Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi, Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu tadbir Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetida boshlandi.
Oʻzbek milliy maqom sanʼati xalqimizning ulkan maʼnaviy merosidir. Unda oʻzbek xalqining qadim tarixi, maʼnaviy dunyosi, badiiy falsafasi ruhi mujassam. Shu bois necha asrdirki, maqom musiqaning oliy namunasi sifatida alohida ardoqlab kelinmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 17-noyabrdagi “Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, taʼbir joiz boʻlsa, oʻzbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab berdi. Negaki, ushbu hujjat ijrosi doirasida maqom sanʼati yanada rivojlantirilib, butun dunyo boʻylab tan olinmoqda, desak, ayni haqiqat.
— Maqom — tinglovchilarni hayratga solib kelgan yirik musiqiy qomus, — deydi Oʻzbekiston xalq artisti, Maqom ansambli badiiy rahbari Abduhoshim Ismoilov. — Maqom sanʼati murakkab va “xos”lar sanʼatidir. Ammo bugungi zamon talabidan kelib chiqib, maqom sanʼatini keng joriy qilish maqsadida yangicha yoʻnalishlar va usullarda ish olib borilyapti. Bunda davlatimiz rahbarining maqom sanʼatini takomillashtirishga qaratayotgani eʼtibori bizga katta kuch va madad boʻlayotir.
Bugun milliy musiqa sanʼatini yoshlar oʻrtasida targʻib qilishga qaratilgan maʼrifiy tadbirni boshladik. Uni respublikamizning barcha hududlari, jumladan, oliy oʻquv yurtlarida oʻtkazishni maqsad qilganmiz.
Tadbirda Yunus Rajabiy nomidagi Maqom ansambli jamoasi tomonidan maqom sanʼatining nodir namunalari ijro etildi, milliy cholgʻuchilar tomonidan musiqiy kompozitsiyalar taqdim etildi.
Jonli ijrodagi har bir asar davomli olqishlar bilan qarshi olindiki, bu maqom sanʼati yoshlarning qalbiga kirib borayotganidan, ularga maʼnaviy-ruhiy ozuqa berayotganidan yorqin dalolatdir.
Shohsanam YOʻLDOSHEVA,
OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring