Xalqaro tanqid Isroil hukumatiga yoqyapti — sobiq diplomat
Isroillik sobiq diplomat Alon Pinkasning aytishicha, Isroil hukumati Gʻazoga qilayotgan hujumlari oqibatida xalqaro maydonda uzoq muddatga diplomatik yakkalanib qolishdan qoʻrqmayapti.
Diplomatning fikriga koʻra, Isroil hukumati amalga oshirayotgan ishlar natijasida nimalar sodir boʻlishi mumkinligini tushunmayapti. Isroilga qilinayotgan xalqaro bosim hozircha hukumatga hech qanday taʼsir qilmayapti.
Pinkasning bildirishicha, AQSH urushni 24 soat ichida tugatishi mumkin, biroq buni xohlamaydi.
“Urush tugashi uchun prezident Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuga telefon qilib, urushni toʻxtatish uchun 24 soat vaqti borligini aytsa kifoya. Bu urush yakunlanadi” — deydi Pinkas.
Diplomatning qoʻshimcha qilishicha, xalqaro tanqidlar goʻyoki Isroil hukumatiga yoqayotganga oʻxshaydi. Bunday holatda Isroil bosh vaziri Netanyahuning oʻz lavozimida qolishi uchun qulay vaziyat yaratilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring