Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi Parij-2024 litsenziyalari oʻynaladigan turnirlarni eʼlon qildi
Foto: Arxiv surat
Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi ham Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari uchun ajratilgan kvotalar va ularning taqsimlanish tizimini tasdiqladi. Quyida mazkur dasturga oid eʼtiborli maʼlumot va raqamlarni keltirib oʻtamiz:
Ushbu sport uchun umumiy ajratilgan kvota: 120 (60+60)
Erkaklar vazn toifalari: -61 kg, -73 kg, -89 kg, -102 kg va +102 kg
Ayollar vazn toifalari: -49 kg, -59 kg, -71 kg, -81 kg va +81 kg
Ajratilgan 60 kvota har bir vazn toifalarida teng taqsimlanadi
Har bir mamlakatdan maksimum 6 nafar (3+3) sportchi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin. Bordiyu qaysidir jamoa 4 yoki undan ortiq yoʻllanmaga ega boʻlsa, majburiy ravishda 3 sportchisini tanlaydi.
Oʻrinlar reyting ochko taqdim qiluvchi musobaqalardagi natijalarga qarab shakllantiriladi. Parij-2024 yoʻllanmasiga ega boʻlish uchun sportchilar kamida 5 ta ana shunday reyting turnirida ishtirok etishlari shart. Ulardan quyidagi 2 tasi majburiy:
2023-yilgi jahon chempionati (2-17-sentyabr, Saudiya Arabistoni);
2024-yilgi Jahon kubogi (2-11-aprel, Tailand)
Shuningdek, quyidagi musobaqalardan kamida 3 tasida ishtirok etgan boʻlishlari talab etiladi.
2022-yilgi jahon chempionati (5-16-dekabr, Kolumbiya);
2023-yilgi Osiyo chempionati (3-13-may, Janubiy Koreya);
2023-yilgi I Gran-pri (2-12-iyun, Kuba);
2023-yilgi II Gran-pri (dekabr, Qatar);
2024-yilgi Osiyo chempionati (5-15-fevral, Oʻzbekiston)
Litsenzion musobaqalardan biriga Toshkent mezbonlik qilishi chempionatning nufuzini yanada koʻtarib beradi. Biroq qitʼamiz terma jamoalariga 2023-yilgi jahon chempionati va Xanchjou-2022 Osiyo oʻyinlarining orasidagi juda qisqa fursat xalaqit berishi koʻplab muhokamalarga sabab boʻlmoqda. 2-17-sentyabr kuni qitʼamiz atletlari Saudiyada dunyo birinchiligida ishtirok etishsa, 27-sentyabr – 4-oktyabr sanalarida ularni Osiyo oʻyinlari doirasidagi bahslar kutib turibdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring