Xalqaro matematika musobaqasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar 18 ta medalni qoʻlga kiritdi

16:46 30 Iyul 2024 Ilm-fan
388 0

Hindistonda boʻlib oʻtgan Xalqaro matematika musobaqasida oʻzbekistonlik oʻquvchilar ham muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Dunyoning 30 ta davlatidan 576 nafar iqtidor qatnashgan bilimlar bellashuv yakunida hamyurtlarimiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza medallari qoʻlga kiritdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston terma jamoasi 8 nafar iqtidorli yoshlardan iborat boʻlib, ularning barchasi sovrindorlar qatoridan joy oldi.

Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):

Ozodbek Axtamov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf oʻquvchisi (oltin medal);

Asadbek Boboqulov — Toshkent shahridagi С.Ҳ.Сирожиддинов akademik litseyi 1-bosqich oʻquvchisi (oltin medal);

Elbek Zohidjonov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi (kumush medal);

Rasulbek Gʻaffarov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Kichik yoshlilar jamoasida (Key Stage II):

Dildora Mahkamova — Olmazor tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf oʻquvchisi (oltin medal);

Baxtiyor Ostonov — Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf oʻquvchisi (kumush medal);

Mehmonbek Amonov — Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Azizbek Mamajanov — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, 3-sonli maktabning 8-sinf oʻquvchisi (bronza medal).

Shuningdek, ixtiyoriy ravishda ota-onasi va ustozlarining tashabbusi bilan ishtirok etgan oʻquvchilar orasidan 10 nafari muvaffaqiyatli ishtirok etdi va quyidagicha taqdirlandi:

Katta yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage III):

Asadbek Aslonov — Navoiy shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11 sinf oʻquvchisi (kumush medal);

Davronbek Diyorov — Samarqand viloyati, Kattaqoʻrgʻon tumani 48-maktabning 9-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Muhammadali Rasulov — Qorakoʻl tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf oʻquvchisi (bronza medal)

Abdulaziz Radjabov — Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 8-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Zufar Norkulov — Qashqadaryo viloyati, Gʻuzor tumani, 45-maktabning 8-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Kichik yoshlilar jamoasida medal olganlar (Key Stage II):

Kamronbek Kamolov — Buxoro shahar, 35-IDUMning 6-sinf oʻquvchisi (kumush medal);

Muhammad Olimboyev — Guliston shahridagi Prezident maktabining 6-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Abbos Sattorov — Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Umarbek Ubaydullayev — Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf oʻquvchisi (bronza medal);

Muhammadshoh Mardonov — Qorakoʻl tumani ixtisoslashtirilgan maktabning 6-sinf oʻquvchisi (bronza medal).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер