Xalqaro kuzatuvchilar Qoraqalpogʻistonda

13:57 04 Oktyabr 2024 Siyosat
117 0

Gʻ.Otajonov/“Xalq soʻzi”. Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlari va inson huquqlari boʻyicha byurosidan uzoq muddatli kuzatuvchilar Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi.

Xalqaro kuzatuvchilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasida boʻlib, Saylov komissiyasi raisi Ziyuatdin Kamalov bilan uchrashdi. Mehmonlarga joriy yil 27-oktyabrda mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovlari oʻtkazilishi va uning oʻziga xos xususiyatlari boʻyicha maʼlumot berib oʻtildi.

Barchangizning xabaringiz bor, oraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qarori bilan 654 uchastka saylov komissiyalari tashkil etilgan. Ulardagi 6 ming 998 nafar aʼzolar tarkibi tasdiqlangan. Ayni paytda barcha hududlarda saylovlarni oʻtkazish boʻyicha rejaga muvofiq tayyorgarlik ishlari davom etmoqda. Boʻlajak saylovlarning ochiq va oshkora oʻtishida xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar institutining oʻrni muhim.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?