Xalqaro kuzatuvchilar missiyasi Surxondaryoda oʻz ishini boshladi

12:21 04 Oktyabr 2024 Siyosat
79 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Davlat vakillik organlari saylovlarida uzoq muddatli kuzatuvchi sifatida mamlakatimizga tashrif buyurgan YEXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi vakillari Xaynek Kristian Oliver (Avstriya) hamda Erdenebat Sengel (Mongoliya) Surxondaryo viloyatda oʻz missiyasini boshladi.

Missiyasining birinchi kunida xalqaro kuzatuvchilar viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan tanishdi. Hududiy saylov komissiyasi raisi Zebuniso Alimardonova yangilangan saylov qonunchiligi boʻyicha oʻtkaziladigan bu yilgi saylovlarning oʻziga xos xususiyatlari, saylovga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Oʻzaro muloqot chogʻida xalqaro kuzatuvchilar shu paytgacha tanishganlari asosida viloyatda saylovlarga tayyorgarlik borasida olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?