Xalqaro Amnistiya tashkiloti Isroilni Gʻazoda genotsid sodir etishda aybladi
Foto: Anadolu
“Amnesty International” inson huquqlari tashkiloti yangi hisobotida Isroilning Gʻazoga qarshi urushi genotsid belgilariga mos kelishi taʼkidlandi.
Tashkilot bir necha oylik tadqiqotlari, jumladan, guvohlarning keng koʻlamli intervyulari, vizual va raqamli dalillar, sunʼiy yoʻldoshlar tahlilining yakuni boʻyicha ana shunday xulosaga kelgan.
“Amnesty International”ga koʻra, Isroil tomonidan 1948-yilgi Genotsid konvensiyasi tomonidan taqiqlangan beshta harakatdan kamida uchtasini Gʻazoda sodir etilgan. Bular sirasiga tinch aholini oʻldirish, ogʻir jismoniy yoki ruhiy zarar yetkazish va ataylab hayot sharoitlarini yomonlashtirish kiradi.
“Isroil har oyda Gʻazodagi falastinliklarga inson huquqlari va qadr-qimmatiga toʻgʻri kelmaydigan munosabatda boʻlib, ularni jismonan yoʻq qilish niyatini koʻrsatmoqda. Bizning tadqiqotimiz shuni koʻrsatdiki, yahudiy davlati Gʻazodagi falastinliklarga tuzatib boʻlmaydigan zarar yetkazayotganini toʻliq anglab, bir necha oylar davomida genotsid harakatlarini amalga oshirishda davom etgan”, — dedi tashkilot bosh kotibi Anyes Kallamar.
Shu oʻrinda uning xulosa qilishicha, Isroilning maqsadi Gʻazodagi falastinliklarni jismonan yoʻq qilish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring