Xalq roziligi — bosh mezon

11:06 05 Mart 2023 Jamiyat
670 0

Davlatimiz rahbari topshirigʻiga muvofiq tuzilgan Respublika ishchi guruhi oʻz faoliyatini jadallik bilan Toshkent viloyatining barcha tumanlarida davom ettirmoqda. Oʻrganishlar davomida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni aniqlash hamda hal etish boʻyicha sektorlar va mahallalar kesimida “xonadonbay” ish olib borilmoqda.

Respublika ishchi guruhi faoliyati davomida alohida eʼtibor ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ogʻir ahvolda qolayotgan aholi qatlamiga qaratildi hamda ularga amaliy koʻmak berish pirovard maqsad deb belgilandi.

Jumladan, “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida tavsiyalar asosida 463 nafar fuqaroga 11,7 mlrd. soʻm imtiyozli kreditlar ajratildi, 1 382 nafar fuqarolarning bandligiga koʻmaklashildi. Shundan, 494 nafar fuqarolar mavjud boʻsh ish oʻrinlariga doimiy ishga joylashtirildi, 398 nafari haq toʻlanadigan jamoat ishlariga jalb etildi, 490 nafar fuqarolar kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun oʻqitildi.

Aholi salomatligini yaxshilash masalari ham Respublika ishchi guruhi eʼtibor markazida boʻldi. Jumladan, 106 303 nafar fuqarolar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi. Ularning 4 868 nafari tuman, shahar, 1 202 nafari viloyat shifoxonalariga yotqizilib davolanmoqda, 149 nafarida tuman, shahar, 113 nafarida viloyat darajasida jarrohlik amaliyotlari oʻtkazildi.

Ijtimoiy soha obyektlari atroflicha ham oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun ham qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. 

Xususan, Oʻrta Chirchiq, Toshkent tumanlaridagi 5 ta maktabga 10-25 kVt quvvatli quyosh panellari ajratildi, Toshkent tumanidagi 3 ta umumtaʼlim maktablari dars jarayonida foydalanish uchun 3 ta interaktiv doskalar bilan taʼminlandi. Oʻrta Chirchiq, Toshkent tumanlaridagi umumtaʼlim maktablariga “Kitob marafoni” tadbirlari doirasida jami 1 400 dona badiiy adabiyotlar taqdim etildi, Olmaliq shahar sport maktabiga 11 turdagi sport jihozlari taqdim etildi.Uyda taʼlim olayotgan 30 nafar oʻquvchilar holidan xabar olinib, ularga esdalik sovgʻalar topshirildi.

Aholi punktlarida ijtimoiy infratuzilma xolatini yaxshilash maqsadida 42,4 km yoʻl taʼmirlandi. Shundan, 19,8 km ichki yoʻllarga asfalt yotqizildi, 4,7 km yoʻl betonlashtirildi, 17,9 km yoʻl shagʻallashtirildi. Bundan tashqari, 1 256 ta temir-beton tayanchlar, 4 ta transformator oʻrnatildi, 41,3 km elektr tarmogʻi tortilmoqda. Natijada 43 ta mahallalarda elektr taʼminoti yaxshilandi.

Joylarda 114,2 km yangi ichimlik suvi tarmogʻi totildi. Aholi murojaatlari asosida 1 ta suv inshooti transformatori va 5 ta nasos uskunasi almashtirildi, 1 ta suv minorasi oʻrnatildi, 1 ta suv qudugʻi qazildi.

Respublika ishchi guruh faoliyati davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?