Xalq qabulxonasi: murojaatdan — daromadgacha
Inson hayoti mehnat bilan mazmunli. Ayni shu omil bois odamzot toʻkis hayotga, baxt-saodatga, komillikka intiladi. Davlatimiz rahbari topshirigʻi asosida Prezident Xalq qabulxonalarining tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash orqali yangi ish oʻrinlari yaratish faoliyati ham ayni shu ezgu maqsadlarga xizmat qilmoqda. Mazkur saʼy-harakatlar natijasida birgina Fargʻona viloyatida qisqa vaqtda yangi ish oʻrinlari yaratildi.
Xususan, Prezident maslahatchisi oʻrinbosari — Xalq qabulxonasi rahbari У.Муҳаммадиев boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Toshloq, Fargʻona tumanlari, Qoʻqon va Fargʻona shaharlaridagi 200 dan ziyod murojaatchilarga tikuv mashinalari, pishiriq pishirish pechlari, motokultivator hamda boshqa ish anjomlari olib berildi. Mazkur yangi mexanizm bilan, avvalo, moddiy yordam soʻrab murojaat qilayotgan bu insonlarning daromad topib, roʻzgʻorini butlashi uchun imkoniyat, sharoit, tizim yaratib berilayotgani eʼtiborga loyiq.
Misol uchun, Toshloqning Qumariq mahallasidan ham toʻrt ayol bugun tikuv mashinalari olib, mahalladoshi Mahbuba Nazarova bilan kooperatsiya tashkil qilib ish boshladi. Besh yillik tajribaga ega tadbirkor Mahbubaxonning aytishicha, ishlagan chevar shu chekka qishloqda turib oyiga 3-4 million soʻm bemalol daromad qila oladi.
Qoʻqon shahrida esa Prezident Xalq qabulxonasiga moddiy yordam masalasida kelib tushgan murojaatlar tahlilidan soʻng 110 dan ziyod xotin-qizlar uy sharoitida ishlab daromad topish imkoniga ega boʻldi.
Saodat mahallasida yashovchi Gulchehraxon ham oʻz tikuv mashinasi bilan qoʻshni Afgʻonbogʻ mahallasidagi tadbirkor ayolning oilaviy «Viqor qalbi» tikuvchilik korxonasiga kooperatsiya asosida ish boshladi.
Prezident Xalq qabulxonasining dastlabki bosqichida ogʻir sharoitdagi murojaatchilarni kooperatsiya asosida ishlab daromad topishiga imkoniyat yaratilsa, keyinchalik ular orasidan tadbirkorlikka qobiliyati borlariga oʻz oilaviy korxonasini tashkil qilishi, faoliyatini kengaytirishiga ham yordam beriladi.
Umuman olganda, xalq bilan muloqotning yangi tizimi ushbu samarali mexanizm asosida bosqichma-bosqich kengaytirib boriladi.
Robiya BAXTIYOROVA,
OʻzDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining 3-bosqich talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring