Kattaqoʻrgʻon shahar IIBning yangi maʼmuriy binosi foydalanishga topshirildi

15:39 03 Iyul 2024 Jamiyat
201 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimi yangi maʼmuriy binosida barcha qulayliklar yaratilgan. Xususan, binoda jamoat xavfsizligi boʻlimi, sport zal, xodimlarga psixologik xizmat koʻrsatish xonasi, kutubxona, oʻquv xonasi, maʼnaviyat-maʼrifat xonasi, vatanparvarlik burchagi joy olgan.

Mazkur inshootning foydalanishga topshirilish marosimida viloyat ichki ishlar boshqarmasi, shahar hokimligi, soha xodimlari ishtirok etdi. Yigʻilganlar ichki ishlar idoralari xodimlari va bu yerga keluvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Aytish kerakki, bugun viloyatning har bir hududida qurilish, bunyodkorlik ishlari avjida. Eski binolar qayta taʼmirlanib, yangilari barpo etilib, hududlar koʻrkamlashmoqda.

Kattaqoʻrgʻon shahar ichki ishlar boʻlimi yangi maʼmuriy binosi ham ana shunday bunyodkorliklarning samarasi boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?